WhatsApp

Xizmatlar

Toʻgʻri loyihani tanlashdan tortib ijarachi topishgacha — hammasi bitta mutaxassis orqali.

Investitsiya maslahati

Byudjetingiz, maqsadingiz (yashash yoki ijaraga berish) va muddatlaringizni tinglab, keyin sizga mos hududlar va loyihalarni solishtiramiz.

  • Turar joy, tijorat va investitsiya mulklari
  • Hudud va loyihalarni solishtirish
  • Ijara daromadi va xarajatlarni birgalikda hisoblash

Xarid boʻyicha yordam

Bron qilishdan kalitlarni olishgacha har bir bosqichni siz uchun kuzatib boramiz va sizdan nima, qachon kerak boʻlishini oldindan aytamiz.

  • Uylarni shaxsan yoki video orqali koʻrish
  • Bron qilish va developer bilan aloqa
  • Yurist (solicitor) va ipoteka maslahatchisi bilan tanishtirish
  • Exchange va completion bosqichlarini kuzatish

Mulk va portfelni boshqarish

Uyni sotib oldingiz, endi-chi? Mulk egasining vakili sifatida ijarachi bilan munosabatlar, toʻlovlar va uyning texnik holatini boshqaramiz, siz esa oʻz ishingizga eʼtibor qaratasiz.

  • Ijara toʻlovlarini yigʻish
  • Kechikkan toʻlovlarni nazorat qilish
  • Ijaraga va subijaraga berishni boshqarish
  • Ijara shartnomalarini boshqarish boʻyicha yuridik va buxgalteriya maslahati
  • Xizmat toʻlovlari (service charge) boshqaruvi

Immigratsiya va vizalar

Buyuk Britaniyada sarmoya kiritish yoki biznes ochish niyatidagi mijozlarni birga ishlaydigan advokatlarimiz bilan tanishtiramiz; bunda faqat arizani emas, uzoq muddatli immigratsiya maqsadlaringizni ham hisobga olamiz.

  • Viza va doimiy yashash huquqi boʻyicha yuridik yordam
  • Taʼlim va til maktablari boʻyicha maslahat

Davlat dasturlari

Birinchi marta uy oluvchilar va boshqa talablarga mos xaridorlar uchun moʻljallangan yordam dasturlaridan foydalana olishingizni tekshiramiz.

  • Talablarga mosligingizni tekshirish
  • Ariza topshirishda yoʻl-yoʻriq

Yangi hayotingizni birga rejalashtiraylik.

Koʻzlagan hududingiz va byudjetingizni ayting, biz sizga mos loyihalarni yuboramiz.

Qoʻngʻiroq qilishWhatsApp